Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

KXDR Rossiyaning Kursk viloyatiga raketa va artilleriya qo‘shinlarini yuborishi kutilmoqda

KXDR Rossiyaning Kursk viloyatiga raketa va artilleriya qo‘shinlarini yuborishi kutilmoqda

KXDR 2025 yilda Rossiyaga yana 150 ta KN-23 qisqa masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarini yetkazib berishi mumkin.

Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilda Pxenyan Moskvaga shunday turdagi 148 ta raketa yuborgan edi. Shuningdek, KXDR Rossiyaning Kursk viloyatiga qo‘shimcha harbiy, shu jumladan, raketa va artilleriya qo‘shinlarini yuborishi kutilmoqda.

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ko‘p miqdordagi shimoliy koreyalik yangi quruqlik qo‘shinlari kelishini kutmayapti.

Kiritildi: 22:24 23.01.2025. O'qildi: 1539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!