Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

KXDR harbiylari 9 may kuni Moskvadagi paradda qatnashadi

 KXDR harbiylari 9 may kuni Moskvadagi paradda qatnashadi

Yaponiyaning NHK teleradiokompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, gap taxminan bir necha o‘nlab shimoliy koreyalik harbiylar haqida ketmoqda. Shuningdek, Shimoliy Koreya harbiy orkestri avgust oyi oxirida Moskvadagi musiqiy tadbirda qatnashadi.

2024 yil noyabr oyida Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Moskva Pxenyanga paradda ishtirok etishni taklif qilganini yozgan edi. Keyinroq, vazirlik rahbari Andrey Belousov “G‘alaba paradi”ga 19 ta "do‘stona aloqalarga ega" mamlakatning harbiy bo‘linmalari taklif etilganini ma’lum qildi. Ulardan 10 tasi paradda ishtirok etishini tasdiqlagan, ular orasida sobiq Sovet ittifoqining yetti davlati ham bor.

Kiritildi: 16:52 17.01.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!