Rossiyada u urushni tanqid qilgani uchun "terrorchilikka da’vat qilish"da ayblanmoqda
Bu haqda "Dojd", RBK va "Izvestiya" nashrlari Armaniston polisiyasiga tayanib xabar bermoqda.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya fuqarosi "Zvartnos" aeroportida hibsga olingan.
Verbiskiy 2015 yilgacha Iqtisodiyot oliy maktabida (VSHE) dars bergan va mashhur blog yuritgan. Shundan so‘ng u Rossiyadan emigrasiya qilib, Braziliyada ishlay boshlagan. 2025 yilda Rossiya rasmiylari uni "terrorchilar va ekstremistlar" ro‘yxatiga kiritgan, keyinchalik esa qidiruvga bergan.
TASS xabariga ko‘ra, unga nisbatan terrorchilikka da’vat qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha u yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Verbiskiy Rossiyaning Ukrainaga hujumini keskin tanqid qilgan va "Krokus Siti Xoll"dagi terrorchilik harakatining rasmiy talqiniga shubha bildirgan edi.