Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Eron terma jamoasining Meksikaning Tixuana shahridagi mashg‘ulot bazasi yaqinida fojiali holat yuz bergan. Mashg‘ulot bazasi yaqinidan chirigan inson jasadi topilgan. Ushbu jasad qora sumkaga o‘ralgan bo‘lib, unda zo‘ravonlik izlari mavjudligi aytilmoqda.

Plastik qopga o‘ralgan jasad to‘xtab turgan mashinaning yukxonasidan topilgan, deb xabar bermoqda AFP.

Mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda. Marhumning shaxsi hozircha sir saqlanmoqda.

Holat yuzasidan hozircha qo‘shimcha ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Kiritildi: Bugun 13:46. O'qildi: 540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!