18-21 sentyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +25 daraja atrofida qayd etiladi. Shuningdek, ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-19 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,19-21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-19 sentyabrda kechasi +8…+13 daraja kunduzi +22…+27 daraja, 20-21 sentyabrda kechasi +10…+15 daraja, kunduzi +25…+30 daraja bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentyabrda +10…+15 daraja, 21 sentyabrda +12…+17 daraja, kunduzi 18-19 sentyabrda +23…+28 daraja, 20-21 sentyabrda +25…+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentyabrda +10…+15 daraja, 21 sentyabrda +12…+17 daraja, kunduzi 18 sentyabrda +20…+25 daraja bo‘ladi, 19-21 sentyabrda asta-sekin +25…+30 darajagacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentyabrda +1…+15 daraja, 21 sentyabrda +12…+17 daraja, kunduzi 18-19 sentyabrda +25…+30 daraja, 20-21 sentyabrda +28…+33 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 va 21 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18…+20 daraja 20 sentyabrda +10…+15 daraja, 21 sentyabrda +12…+17 daraja, kunduzi 18 sentyabrda +20…+25 daraja bo‘ladi, 19-21 sentyabrda asta-sekin +25…+30 darajagacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi 18 sentyabrda +10…+15 daraja bo‘ladi, 19-21 sentyabrda asta-sekin +15…+20 darajagacha ko‘tariladi.
Odatda sentyabr oyi O‘zbekistonda qanday haroratda bo‘lgan?
Iqlimiy kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunduzgi harorat +30…+33 darajani, oyning ikkinchi yarmida esa +26…+29 darajani tashkil etgan.
Sentyabr oyining eng iliq kunlarida termometr ustuni +35…+37 darajagacha, janubda +39…+40 darajagacha qayd etilgan. Sentyabr oyida Respublika hududining katta qismida mutlaq maksimal harorat +37…+40 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +41…+43 darajani tashkil etgan.
Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun sentyabr oyidagi eng yuqori harorat 2013 yil 25 sentyabrda qayd etilgan bo‘lib, u +40,0 darajani tashkil etgan. Sentyabr oyida kunduzgi harorat +22…+25 darajagacha, ba’zan esa undan ham pastroq bo‘lgan davrlar har yili ham kuzatilmaydi va odatda u juda qisqa muddatli bo‘ladi.
Ayrim yillarda Respublika bo‘yicha ba’zi joylarida (eng chekka janubiy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari) sentyabr oyining so‘nggi o‘n kunligida havoda erta kuzgi sovuqlar kuzatiladi. Eng sovuq (me’yordan +2…+3,5 darajaga past) sentyabr oylari 1930 va 1931 yillarda, so‘nggi o‘n yillikda esa 1992 va 1994 yillarda qayd etilgan.