Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
AP manbasi halok bo‘lgan Shimoliy Koreya harbiylarining aniq sonini aytmagan, ammo KXDR katta yo‘qotishlarga uchraganini qayd etgan. Bunga sabab sifatida koreyalik qo‘shinlar jangovor tajribaga ega emasligi keltirilmoqda.
Agentlik ta’kidlashicha, bu Rossiya tomonida jang qilayotgan shimoliy koreyalik askarlarning yo‘qotishlari bo‘yicha birinchi ma’lumot. Bungacha Pentagon va Oq uy Kursk viloyatidagi dastlabki janglarda shimoliy koreyalik harbiylarning yo‘qotishlari haqida xabar bergan, ammo tafsilotlarni ochiqlamagan edi.