Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kelajakda Rossiya yangi hududlarni bosib oladi

A A A
Kelajakda Rossiya yangi hududlarni bosib oladi

Rossiya tarkibida kelajakda yangi hududlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev gapirib o‘tdi. U Ukrainaga tegishli bo‘lgan Donesk, Lugansk, Zaporojye hamda Xerson viloyatlari keng ko‘lamli bosqin paytida Rossiya tomonidan bosib olinganiga ishora qilib, bu davom etishi mumkinligini aytgan.

«Bu hududlarning (Ukrainaning bosib olingan yerlari) salohiyati to‘liq ro‘yobga chiqarilishi kerak. Biz bu bilan xalq dasturi doirasida shug‘ullanamiz. Unga «Yangi hududlarni rivojlantirish» bo‘limi kiritilgan. Aytgancha, agar mamlakatimiz tarkibiga yana yangi, lekin bizga juda yaqin hududlar qo‘shilsa, bu tajribadan kelajakda ham foydalanish mumkin. Axir bu ehtimoldan xoli emas», degan Medvedev.

Kiritildi: 16:12 16.12.2024. O'qildi: 24074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!