Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi

A A A
Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi

Moskva Yamanning “Ansorulloh” guruhi bilan aloqada ekani, Isroil va uning ittifoqchilariga qarshi amaliyotlarida unga yordam berish uchun qurol jo‘natayotgani AQShning g‘azabini qo‘zg‘atdi.

– Biz Rossiyaning husiylar bilan faol ravishda aloqaga kirishayotgani va qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasini muhokama qilayotgani haqida xavotirli dalillarga guvoh bo‘ldik, – dedi Amerikaning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild. – RF qurolli kuchlari Ukrainadagi nizo uchun ham yuzlab yamanliklarni yollaganidan xabarimiz bor.

Grinfild AQShning Isroilga moliyaviy va harbiy yordamini tilga olmadi, Eronni esa Yaman qarshilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

– Qo‘shma Shtatlar Yaman portlariga yo‘l olgan kemalarni tekshirish va Erondan husiylarga qurol oqimini kamaytirishga yordam beruvchi BMTning Monitoring salohiyatini qo‘llab-quvvatlaydi, -dedi u.

Kiritildi: 23:59 13.12.2024. O'qildi: 15508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!