Hindiston Tibbiy tadqiqotlar kengashi (IMR) olimlari mamlakatda yashaydigan ko‘rshapalaklarda Covd-19 virusidan boshqa yangi virusni topdi, uning xavfi hali o‘rganilmagan, deb yozadi “India Today”.
Hindiston Milliy virusologiya instituti xodimi, doktor Pryaga Yadavning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi koronavirusning odamlar uchun qanchalik xavfli ekanligi hali noma’lum.
Shuningdek, ko‘rshapalakning hozirda odamlarda kasalliklarni qo‘zg‘atishga qodir ekanligi to‘g‘risida aniq dalillar yo‘q.
“Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, yangi topilgin virus SARS-oV2 koronavirusi bilan hech qanday bog‘liqlik joyi yo‘q", deydi tadqiqotchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2018-2019 yillarda “Nipah” virusi ham xuddi shu ko‘rshapalaklardan topilgan, e’tiborsizlik natijasida virus yuqtirgan odamlarning 70 foizi vafot etgan.