Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ko‘rish qobiliyati buzilgan insonlarga yordam berish uchun 14 milliard dollar kerak

Ko‘rish qobiliyati buzilgan insonlarga yordam berish uchun 14 milliard dollar kerak

Dunyo bo‘yicha kamida 2,2 milliard kishining ko‘rish qobiliyati yomon yoki ko‘zi ojiz bo‘lib, yana kamida 1 milliard kishi oldini olish mumkin bo‘lgan ko‘z kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Bu ma’lumotlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan Jenevada e’lon qilingan hisobotda keltirildi.

JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning bayonotiga ko‘ra, "ko‘z kasalliklari ko‘pincha davolanmasdan qolib ketadi".

"Oftalmologik yordamga muhtoj insonlar moliyaviy qiyinchiliklarsiz sifatli xizmat olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak", dedi u.

JSST rahbari bunday yordamni "milliy bazaviy sog‘liqni saqlash rejalari va paketlariga kiritish" har qanday mamlakatning umumiy sog‘liqni saqlash qamroviga erishishda muhim omil ekanligini ta’kidladi.

Gebreyesus katarakta bo‘yicha operasiya yordamida bir kun ichida davolash imkoni bo‘laturib, 65 million kishi ko‘rish qobiliyatining buzilishidan aziyat chekayotganini eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, 800 milliondan ortiq kishi ko‘zoynak sotib olishga imkoniyati yo‘qligi uchun to‘laqonli hayot kechira olmaydi.

"Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", deb ta’kidladi u.

JSST ko‘z kasalliklari qishloq joylarda, kam ta’minlanganlar va qariyalar, nogironlar, ayollar va etnik ozchilik orasida ko‘proq uchrashiga e’tibor qaratdi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rish qobiliyati buzilgan 1 milliard kishiga yordam berish uchun 14 milliard dollar kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 06:13 09.10.2019. O'qildi: 1689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!