Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ko‘p qavatli uylarda texnik tadbirlarni bajarmasdan ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

Ko‘p qavatli uylarda texnik tadbirlarni bajarmasdan ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada ish joyidan chetlatildi

O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan energetika ob’ektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylarning 0,4 kV taqsimlash shitlarida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan, xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilmagan holda ishlayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlatildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Kiritildi: 12:34 26.07.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!