Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ko‘p qavatli turar-joy uylarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ko‘p qavatli turar-joy uylarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahri "Abay" ko‘chasida joylashgan "E. N." xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatayotgan ko‘p qavatli turar-joy uylarda o‘rnatilgan suv nasoslari va elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 315 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:30 17.06.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!