Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron AQShga javob zarbasini berishi shart — Prezident Pezeshkian

Eron AQShga javob zarbasini berishi shart — Prezident Pezeshkian

Eron prezidenti Masud Pezeshkian AQSh tomonidan Eron hududidagi yadroviy infratuzilma ob’ektlariga amalga oshirilgan havo zarbalarga Tehron javob beradi, deb bayonot berdi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma’lum qildi. U ushbu bayonotni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida aytgan.

Pezeshkian shunday dedi:

«Biz AQSh bilan uchrashuvlarda ishonch haqida gapirdik, ammo amaliyotda AQSh butunlay boshqacha yo‘l tutdi va yadroviy ob’ektlarimizni bombardimon qildi. Amerika bizga hujum qildi. Agar siz shunday holatda bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lar eding? Albatta, bunday tajovuzga javob berilishi shart.»

Prezidentning ta’kidlashicha, avval AQSh Eronning yadroviy dasturi tinch maqsadlarda ekanini ta’minlashni istashini aytgan, ammo muzokaralar davomida “sionistik rejim” (Isroil) bilan to‘liq muvofiqlashgan holda harakat qilishni afzal ko‘rgan.

Kiritildi: 22:30 22.06.2025. O'qildi: 1480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!