Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

9 yoshli qizini turmushga bermoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

9 yoshli qizini turmushga bermoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Parijdagi Disneylendda 9 yoshli qizini 22 yoshli erkakka turmushga bermoqchi bo‘lgan Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Voqea Disneylend tematik bog‘ida ro‘y berdi. Hodimlar hayratda qolishdi — qizcha tantanali tadbirga 22 yoshli erkak bilan kelgan. Bu shaxs, taxminlarga ko‘ra, Britaniya fuqarosi bo‘lgan. Bayramda taxminan 100 nafar mehmon va “kelin”ning onasi ham ishtirok etgan. To‘y deb tasvirlangan tadbir o‘tkazilayotgan joyga polisiya chaqirildi. Natijada “kuyov” va bolaning onasi — Ukraina fuqarosi hibsga olindi.

Mou shahri prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra:

“Jami to‘rt kishi hibsga olindi va so‘roq qilindi: 22 yoshli britanlik deb taxmin qilingan va tadbirni uyushtirgan kuyov; 41 yoshli Ukraina fuqarosi — bolaning onasi; va Latviya fuqarosi bo‘lgan 55 va 24 yoshli ikki kishi. Britanlik gumondor va latviyalik shaxsning hibs muddati firibgarlik va pul yuvishda ayblangan holda uzaytirildi.”

Ma’lum qilinishicha, tadbir Disneylend ishlamaydigan payt — tongda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qizcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va unga nisbatan zo‘ravonlik belgilar topilmagan. Ammo hodisaning aniq tafsilotlari hali ham ma’lum emas. Prokuratura bu "to‘y" shunchaki sho‘xlik yoki soxta tadbir bo‘lishi mumkinligini inkor etmayapti.

Kiritildi: 22:01 22.06.2025. O'qildi: 1604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!