Amerikalik geosiyosiy tahlilchi Skott Ritter Tvitterda AQSh prezidenti Donald Trampning Eron yadroviy ob’ektlariga zarba berishini “siyosiy teatr” deb atadi, bu orqali u o‘z obro‘sini saqlab qolishga uringanini bildirdi.
“Teatral namoyish. Trampning katta gaplari uni qiyin ahvolga soldi. Eron uning o‘yinida ishtirok etmaydi. Shu sababli, u o‘z obro‘sini saqlash uchun Eronga bombardirovka qildi. U ikki band bo‘lmagan ob’ektga zarba berdi, ularga avvalroq Isroil hujum qilgan edi. Shundan boshqa hech narsa yo‘q. Bu insonni tarafdorlari dunyodagi eng buyuk yetakchi deb atashadi. U esa millat uchun xavfdir”, — deb yozdi u.