Yirik kriptovalyuta birjasi KuCoin AQSh rasmiylari bilan kelishuvga erishib, $300 million jarima to‘lashga va mamlakatdagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Bu haqda vc.ru xabar berdi.
Regulyatorlarning ma’lumotiga ko‘ra, KuCoin platformasi orqali milliardlab dollar qiymatidagi shubhali tranzaksiyalar amalga oshirilgan. AQSh rasmiylari birjani pul yuvishga qarshi qonunlarni buzishda va tegishli lisenziyalarsiz faoliyat yuritishda ayblagan.