Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Kubada uch kundan beri hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Kubada uch kundan beri hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

AQSh tomonidan uch oylik neft blokadasidan keyin Kuba gumanitar falokat yoqasiga kelib qoldi: elektr ta’minotida uzilishlar sutkasiga 15 soatgacha davom etmoqda, ish jarayonlari izdan chiqqan va oziq-ovqat tanqisligi keskin sezilmoqda.

Bundan norozi bo‘pgan namoyishchilar mamlakatning bir necha hududlarida hukmron Kommunistik partiya bo‘limlarini vayron Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel fuqarolarning noroziligini tushunishini aytdi, ammo hukumat vandalizmga toqat qilmasligini ta’kidladi.

Energetik bosim Gavanani Vashington bilan muzokaralar boshlashga majbur qildi. AQSh va Kuba o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilganini ikki tomon ham tasdiqlagan. Kuba prezidentning ehtimoliy vorisi sifatida Raul Kastroning nabirasi Raul Gilermo Rodriges Kastro tilga olinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etmoqda.

Avvalroq Donald Tramp Kuba AQSh bilan hamkorlik qilishdan bosh tortsa, kuch ishlatish ehtimolini istisno qilmagan edi.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!