Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 40 yoshga to‘ldi.
Hozirgi paytda Ronaldu o‘z faoliyati davomida 923 ta gol urgan. Shulardan 788 tasini klub darajasida, yana 135 tasini esa Portugaliya milliy jamoasi safida kiritgan.
Ronaldu o‘z karyerasi davomida «Sporting», «Manchester Yunayted», Madridning «Real», «Yuventus» va «An-Nasr» jamoalari safida to‘p tepgan. U eng ko‘p uchrashuvlarni «Qirollik klubi» (Madrid «Real») safida o‘tkazgan — jami 438 o‘yinda maydonga tushib, 450 ta gol urgan va 131 golli pas amalga oshirgan.
40 yoshli futbolchi besh marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan va shuncha Chempionlar Ligasida g‘oliblikka erishgan. 2016 yilda esa u Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan.