Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Kreml: Ukraina bilan yangi muzokaralar bosqichiga to‘siq yo‘q

Kreml: Ukraina bilan yangi muzokaralar bosqichiga to‘siq yo‘q

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Ukraina bo‘yicha yangi muzokaralar raundini o‘tkazish masalasi texnik darajada muhokama qilinmoqda va hozircha aniq sanalar belgilanmagan.

«Hech qanday to‘siq yo‘q. Faqatgina barcha rasmiy jarayonlarni bosqichma-bosqich o‘tish kerak. Har ikki tomon ham yangi muzokara raundi bo‘yicha taklif etiladigan sanalarni kutmoqda», — dedi Kreml vakili.

Shu bilan birga, Peskov Rossiya tomoni tayyorlagan memorandum mazmuni Ukraina bilan muhokama qilinmagani va bu borada ochiq ma’lumot bermasligini ham ta’kidladi.

Kiritildi: 17:29 03.07.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!