Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kreml Trampning energetik sulh haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Kreml Trampning energetik sulh haqidagi so‘zlariga izoh berdi



"Ha, biz ko‘rib turibmiz. Umuman olganda, buni juda yaxshi g‘oya, ajobiy tashabbus deb hisoblaymiz. Biz amerikaliklar bilan aloqadamiz. Biz mojaroni doimo tinchlik yo‘li bilan hal qilish tarafdori bo‘lganmiz", — dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Neftni qayta ishlash zavodlarining xavfsiz ishlashini ta’minlash va neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish global muammolarni hal qilmaydi. Chunki asosiy muammo neft mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish bilan bog‘liq. Gap ushbu neft mahsulotlarining jahon bozorlariga to‘siqsiz kirib borishida. Buning uchun neft tashuvchi kemalar uchun dengizda xavfsiz qatnovni ta’minlash zarur", — dedi Kreml vakili.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shunday yozgan edi: "Ukraina Rossiyaning energetika ob’ektlariga zarba bermaslikka rozi bo‘ldi. Rossiya ham xuddi shunday yo‘l tutishga rozi bo‘ldi!".

Bundan tashqari, Peskovdan farqli o‘laroq, Tramp jahonda dizel yonilg‘isi narxlarining oshishi "Eron bilan bog‘liq vaziyat emas, balki asosan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tufayli yuzaga kelgan", deb ta’kidlagandi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa agar Moskva ham bunday hujumlardan voz kechsa, Ukraina Rossiyaning muhim infratuzilma va energetika ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatishga tayyorligini aytdi.

Kiritildi: 19:23 15.09.2026. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!