Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Kreml tinchlik muzokaralarida AQShning vositachiligidan umidvor

Kreml tinchlik muzokaralarida AQShning vositachiligidan umidvor

Kreml tinchlik muzokaralarida AQShning vositachiligidan umidvor ekanini bildirdi.

"Hozirda sulh jarayoni to‘xtab qolgan, biz u baribir qayta tiklanishiga va amerikalik hamkasblarimiz o‘z vositachilik harakatlarini davom ettirishiga umid qilamiz", — deydi Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov.

Shu bilan birga, 13 may kuni Peskov "keng qamrovli tinchlik muzokaralari" faqatgina Ukraina Qurolli Kuchlari o‘z qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqib ketganidan keyingina imkonli bo‘lishini aytgan edi.

Peskov dushanba kuni, shuningdek, Rossiya harbiylari faqat harbiy va harbiy sohaga yaqin bo‘lgan nishonlarga zarba berayotganini ta’kidladi.

14 may kuni Rossiya Kiyevga zarba berdi, natijada turar joy binosining butun bir qismi vayron bo‘ldi, 24 kishi halok bo‘ldi.

"O‘tgan kechagacha hammasi yaxshi ko‘rinayotgandi, lekin ukrainaliklarga katta zarba berildi", — deya hujumga munosabat bildirdi AQSh prezidenti Donald Tramp (iqtibos Reuters’dan) va bu voqea tinchlik jarayonini qiyinlashtirishi mumkinligini taxmin qildi.

Kiritildi: Bugun 10:01. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!