Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kreml: Kaliningrad haqidagi bayonotlar qarama-qarshilikka qaratilmagan

Kreml: Kaliningrad haqidagi bayonotlar qarama-qarshilikka qaratilmagan

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kaliningrad viloyati xavfsizligi haqidagi Rossiya bayonotlarini «qarama-qarshilikka qaratilgan» deb qabul qilmaslik kerakligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning bu boradagi pozisiyasi Yevropadagi jadal harbiylashuv jarayonlari fonida bildirilgan. Peskov Kaliningrad viloyati Rossiyaning ajralmas qismi ekanini va Moskva uning xavfsizligini ta’minlashini bildirdi.

Rossiyaning Londondagi elchixonasi avvalroq Britaniya yoki NATO tomonidan Kaliningradga qarshi har qanday harbiy harakat Rossiyaning «barcha mavjud vositalar» bilan javob qaytarishiga olib kelishini ma’lum qilgan. Bayonotda yadroviy quroldan foydalanish ehtimoli ham tilga olingan.

Peskov Yevropa davlatlarini Ukrainadagi mojaroda Kiyev tomonida ishtirok etayotganlikda ayblab, ular tomonidan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berilayotganini qayd etdi.

Kreml vakili Rossiya chegaralari yaqinida NATO davlatlarida yadroviy qurol joylashtirilishi keskinlikni yanada kuchaytirishini aytdi.

Shuningdek, Peskov Rossiya va AQSh o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni Ukrainadagi mojaro hal etilishini kutmasdan qayta tiklash mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, ikki davlat o‘rtasida ishchi darajadagi muloqotlar davom etmoqda.

Kiritildi: 08:45 02.10.2026. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!