Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Kreditni vaqtida qaytarmagan mijozning jami 4,6 mlrd. so‘mlik ikkita ko‘chmas mulki bank balansiga o‘tib ketdi

Kreditni vaqtida qaytarmagan mijozning jami 4,6 mlrd. so‘mlik ikkita ko‘chmas mulki bank balansiga o‘tib ketdi

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar va Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor "KUNGRAD STORY INVEST XOLDING" MCHJdan AT “Milliy bank” foydasiga 361 141 AQSh dollarini undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani, K.Abdirov ko‘chasida joylashgan qiymati 1,4 mlrd. so‘mlik xovliga va Nukus shahirda joylashgan qiymati 3,2 mlrd. so‘mlik qurilishi tugallanmagan noturar joyga qaratish belgilangan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan hamda garov mulki bo‘lgan ko‘chmas mulklar tegishli tartibda xatlab qo‘yilgan.

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan ko‘chmas mulklar elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.

2024-yil dekabr va joriy fevral oylarida o‘tkazilgan auksion savdolarida sotuvga chiqarilgan binolarga xaridor topilmaganligi sababli ushbu mulklar qarzdorlik evaziga AT “Milliy bank” balansiga o‘tkazib berilgan.

Kiritildi: 09:30 14.03.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!