Shu yozdan boshlab o‘zbekistonliklar “kreditga taqiq” xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
Bu orqali ular o‘zlarining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olishi mumkin.
4 oy ichida 150 mingga yaqin aholi bu xizmatni ishga tushirdi. Ularning 68 foizini erkaklar tashkil qilgan.
Yosh kesimida eng ko‘p 26-35 yosh oralig‘idagi insonlar bu xizmatdan foydalanmoqda.
“Kreditga taqiq” xizmatini 4 xil yo‘l bilan yoqish yoki o‘chirish mumkin:
⏺“KATM” mobil ilovasi orqali;
⏺ portal.infokredit.uz orqali shaxsiy kabinetda;
⏺ “my.gov.uz” orqali;
⏺ Barcha davlat xizmatlari markazlari orqali.
Xizmatdan foydalanish bepul.