Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kraken kriptobirjasi o‘z platformasiga Rossiyadan kelgan mijozlarga kirishni chekladi

A A A
Kraken kriptobirjasi o‘z platformasiga Rossiyadan kelgan mijozlarga kirishni chekladi

AQShda ro‘yxatdan o‘tgan Kraken kriptobirjasi o‘z platformasiga Rossiyadan kelgan mijozlarga kirishni chekladi, deya xabar beradi Cointelegraph.

Nashrning yozishicha, 19-oktyabrda kompaniya Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli rossiyalik foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga majbur bo‘lgani haqida mijozlarni xabardor qilgan.

Cheklangan mijozlarga “so‘rov bo‘yicha” o‘z hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini yechib olishlari kafolatlangan. Shu bilan birga, kompaniya kripto birjasidan mablag‘larni olish uchun vaqt chegarasi bor yoki yo‘qligini aniqlamadi.

Kiritildi: 13:22 21.10.2022. O'qildi: 1473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!