Kosta-Rika Oliy sudi korrupsiyada gumon qilinayotgan amaldagi davlat rahbari Rodrigo Chavesni daxlsizlik huquqidan mahrum qildi.
Bu haqda Costa Rica Hoy internet nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 22 nafar sudyadan 15 nafari prezidentning daxlsizligini bekor qilish qaroriga ovoz bergan. Bu Markaziy Amerika Iqtisodiy Integrasiya Banki bilan bog‘liq korrupsiya ishini to‘liq tekshirish imkonini beradi.
Xuddi shu majlisda Oliy sud mamlakat Madaniyat vazirligi rahbari Xorxe Rodriges Vivesdan daxlsizlikni bekor qilishni ma’qulladi.
Kosta-Rika parlamenti nihoyat Chaves va Rodriges Vivesni jinoiy javobgarlikka tortishni ma’qullashi kerak.