1972 yilda uchirilgan sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga quladi, deb xabar berdi “Roskosmos”.
Kosmik kemaning orbitadan tushishi Yerga yaqin fazodagi xavfli vaziyatlardan ogohlantirishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan kuzatilgan.
“Kosmos-482” kosmik kemasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi, orbitadan chiqib, Hind okeaniga quladi”, — deyiladi davlat korporasiyasi xabarida.
U O‘rta Andaman orolidan 560 km g‘arbda atmosferaning zich qatlamlariga kirib, Indoneziya poytaxti Jakarta g‘arbidagi okeanga qulagan. Koinot kemasi 1972 yilda Venerani tadqiq qilish uchun uchirilgan, biroq kuchaytirgichdagi nosozlik tufayli u Yer atrofida baland elliptik orbitada qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashgan.