Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, halol biznesni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizim ishga tushiriladi.
Asosiy yangiliklar:
➖ “Korrupsiyaga qarshi xartiya” elektron platformasi ishga tushadi;
➖ a’zo kompaniyalar uchun imtiyoz va rag‘batlar beriladi;
➖ mahsulotlarini targ‘ib qilish xarajatlari qoplab beriladi.
2027 yildan davlat xaridlarida qatnashish uchun xartiya a’zoligi talab etiladi.
Shuningdek, “Yilning eng halol kompaniyasi” mukofoti joriy etiladi. Kompaniyalar uchun maxsus “compliance” belgisi beriladi.