Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Koronavirusning hindcha shtammi og‘irroq pandemiyaga sabab bo‘ladi – mutaxassis

A A A
Koronavirusning hindcha shtammi og‘irroq pandemiyaga sabab bo‘ladi – mutaxassis

Koronavirusning hindcha varianti (B.1.617) dunyodagi dominant shtammga aylanib bormoqda va og‘irroq pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Singapur Milliy universiteti Sog‘liqni saqlash fakulteti dekani, professor Tek Ik In ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, emlash yordamida virusni yengib o‘tish mumkin.

"Vaksinasiya bu virusga qarshi kurashishning eng samarali usuli hisoblanadi, – deydi u, – yuqtirish xavfini kamaytiradi va yuqtirgan taqdirda ham jiddiy alomatlar paydo bo‘lishi xavfini tug‘diradi".

B.1.617 shtamm birinchi marta Hindistonning Maxarashtra shtatida aniqlangan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shtamm rasmiy ravishda 53 mamlakatda topilgan, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, B.1.617 yana yetti mamlakatda qayd etilgan.

Kiritildi: 14:31 31.05.2021. O'qildi: 1918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik