Ukraina bilan bog‘liq vaziyatda “Koreya modeli”dagi bufer zona masalasi muhokama qilinmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi ma’lum qildi.
Yuriy Ushakovning boshqa bayonotlari:
◾️ Qo‘shma Shtatlar prezidentining vakillari bilan Moskvadagi uchrashuvda hududlar masalasi faol muhokama qilindi. Amerikaliklar bizning pozisiyamizni nafaqat bilishadi, balki tushunishadi ham;
◾️ Rossiya hozircha Yevropa Ittifoqi va Ukrainaning mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha takliflarini ko‘rmagan, biroq ularning hissasi konstruktiv bo‘lishi ehtimoli past;
◾️ Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasiga o‘zgartirishlar kiritilsa, Moskva tomonidan keskin e’tirozlar bo‘ladi;
◾️ Qrim masalasiga kelsak, bu borada pozisiyamiz mutlaqo qat’iy, million foiz. NATO masalasida ham shunday. Menimcha, Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi amalga oshmaydi.