Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

KONKAKAF chempionlar ligasi. Messining jamoasi dastlabki o‘yinda yutqazdi

KONKAKAF chempionlar ligasi. Messining jamoasi dastlabki o‘yinda yutqazdi

2 apreldan 3 aprelga o‘tar kechasi Los-Anjelesdagi «BMO» stadionida KONKAKAF Chempionlar Ligasining chorak final bosqichi doirasida «Los-Anjeles» va «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasidagi birinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mezbmon jamoa ushbu bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Natan Ordas yagona gol muallifi bo‘ldi.

"Inter Mayami" safida argentinalik hujumchi Lionel Messi, urugvaylik forvard Luis Suares, ispaniyalik yarim himoyachi Serxio Buskets va uning vatandoshi, chap himoyachi Jordi Alba to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

Javob o‘yini 9 apreldan 10 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

KONKAKAF chempionlar ligasi, chorak final, dastlabki o‘yin

"Los-Anjeles" – "Inter Mayami" – 1:0 (0:0)

Gol: 1:0 – Ordas, 57.

Kiritildi: 10:52 03.04.2025. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!