Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola virusidan o‘lganlar soni 893 kishiga yetdi.
Bu haqda Reuters hukumatning so‘nggi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Virusning tasdiqlangan holatlari soni 2267 taga yetdi.
KDRda epidemiya may oyida boshlangan. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, bu hali vaksina yoki maxsus davolash usuli ishlab chiqilmagan Bundibugyo shtammidir.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hozirgi epidemiyani mamlakat tarixidagi eng yirik epidemiyalardan biri deb hisoblaydi. Tibbiyot xodimlari va rasmiylar infeksiyaning tarqalishini kuzatishda davom etmoqdalar va uni jilovlash choralarini ko‘rmoqdalar.