Sizda yarim tungacha vaqt bor. Ertaga 1 iyundan svet va gaz narxi oshadi!
Bir necha soatdan keyin elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari kuchga kiradi. Biroq aholida eski tariflarini keyingi ikki oy davomida saqlab qolish imkoniyati mavjud.
Agar bugun oxirigacha hisobingizni to‘ldirib, elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lovni amalga oshirsangiz, eski tariflaringiz 1-avgustgacha amal qiladi.