Komil Allamjonov Prezident administrasiyasi rahbarining jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu lavozim yangi tashkil qilindi.
Allamjonov ushbu lavozimda innovasion iqtisodiyotni rivojlantirish, investisiyalarni jalb etish, so‘z erkinligini ta’minlash va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash sohalarida ekspertlik yordamini ko‘rsatishi aytilgan.
Allamjonov 2024 yil sentyabrda ikki yillik faoliyatidan keyin Administrasiyadan ishdan ketgandi. U ishdan ketish sababini ochiqlab, siyosatdan butkul yiroq yurib, biznes bilan shug‘ullanishini aytgandi.