Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti Maslahat kengashi yig‘ilishi doirasida universitet prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida sun’iy intellekt davrida oliy ta’limning kelajagi, universitetning yangi rivojlanish strategiyasi va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan mazmunli fikr almashildi.
"Dunyoning yetakchi ilm-fan va ta’lim markazlaridan biri bo‘lgan mazkur universitetning Maslahat kengashi a’zosi sifatida uning kelgusi taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shish men uchun katta sharaf va mas’uliyatdir", deb yozadi Allamjonov.