Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Komada bo‘lgan xitoylik qiz universitetga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi maktubni ko‘rgach, o‘ziga keldi

Komada bo‘lgan xitoylik qiz universitetga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi maktubni ko‘rgach, o‘ziga keldi

Xitoyda komada bo‘lgan 18 yoshli Szyan Chennanga universitetga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi maktub ko‘rsatganidan keyin o‘ziga keldi, deb yozadi South China Morning Post. Sakkiz kun komada yotgan qizga bu xushxabarni uning otasi yetkazdi.

Ertasi kuni Szyan Chennan o‘ziga kelib, qarindoshlari bilan videoaloqa orqali suhbatlashdi.

Qiz 11 iyul kuni harorati ko‘tarilib, ko‘kragida siqilish hissi paydo bo‘lganligi sababli shifokorlarga murojaat qilgan. Kirish imtihonini topshirib, shifokorlar oldiga kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, u yurakning yallig‘lanishi – fulminant miokardit bilan kasallangan. Bunday tashxis ko‘pincha o‘limga olib keladi, kasallikning asosiy sabablari virusli infeksiyalar, stress va nosog‘lom turmush tarzi hisoblanadi, aynan bu holatda bunga nima sabab bo‘lgani aniqlanmadi. Abituriyent komaga tushganidan so‘ng, uning hayotini yurak-o‘pka apparati vositasida saqlab qolishga erishildi, deb xabar beradi rbc.ru.

Shifokorlarning qayd etishicha, qizning yurak faoliyati to‘liq tiklangan, ayni paytda uning “uyg‘onishi”ning aniq sababi noma’lumligicha qolmoqda.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Szyan Chennanning oilasi 2023 yilda otasi baxtsiz hodisaga uchrab, qarzga botganidan keyin moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Onasi hech bo‘lmaganda pul topish uchun ko‘cha ovqatlarini sotishga majbur. “Pul bilan bog‘liq qanday muammolarimiz bo‘lmasin, uni universitetga o‘qishga yuboraman, chunki bu uning orzusi”, dedi qizning otasi.

Kiritildi: 17:33 07.08.2025. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!