BBC: Kolumbiyaning sobiq prezidenti Alvaro Uribe guvohlarga bosim o‘tkazish va firibgarlik ayblovlari bo‘yicha 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi.
73 yoshli siyosatchi mamlakat tarixida jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan birinchi sobiq prezident bo‘ldi. Unga davlat lavozimlarini egallash ham taqiqlanib, 578 000 AQSh dollari miqdorida jarima belgilandi.
Uribe o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni inkor etmoqda va sud hukmi ustidan apellyasiya berishini ma’lum qildi. U ishni “demokratik muxolifat ovozini yo‘q qilishga qaratilgan” harakat deb atadi.
Uribe 2002 yildan 2010 yilgacha prezident lavozimida ishlagan va unga nisbatan so‘l qanot isyonchilarga qarshi kurashishda o‘ng qanot qurolli guruhlar bilan hamkorlik qilganlik ayblovlai ilgari surilgan.