Kolumbiya hukumati sariq isitma avj olgani sababli sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat e’lon qildi, deya xabar beradi Reuters.
Sog‘liqni saqlash vaziri Gilyermo Alfonso Xaramilyoning aytishicha, o‘tgan yil boshidan buyon 74 ta kasallik holati tasdiqlangan va 34 kishi vafot etgan.
Sariq isitma Aedes va Haemagogus chivinlari chaqishi bilan yuqadigan virusli kasallikdir.
Xaramilyoning so‘zlariga ko‘ra, eng yomon vaziyat Kolumbiyaning markaziy-g‘arbiy qismidagi Tolima departamentida, u yerda 22 ta holat aniqlangan.