Kolorado shtatidagi Denver xalqaro aeroportida American Airlines aviakompaniyasining samolyoti yonib ketdi, yo‘lovchilar evakuasiya qilindi.
Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Payshanba kuni kechqurun Denver xalqaro aeroportida American Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotda tutun va yong‘in sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarda yo‘lovchilar shoshib samolyotni tark etgani, ba’zilari esa qanotga chiqib ketayotganini ko‘rish mumkin. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inga samolyot yoqilg‘isi yonishi sabab bo‘lgan.
Aeroport rahbariyati yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingani, yo‘lovchilar esa puflanuvchi slaydlar yordamida evakuasiya qilinganini ma’lum qildi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.