Kobulda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi ish boshladi.
Ochilishda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar boshchiligidagi delegasiyalar ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada charm-poyabzal mahsulotlari, gilamlar, meva-sabzavotlar, elektrotexnika va boshqa ko‘plab turdagi tayyor mahsulotlar namoyish etilmoqda.
U 21 avgustga qadar davom etadi.