Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining final o‘yiniga hakamlar tayinlandi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining final o‘yiniga hakamlar tayinlandi

13 iyul, yakshanba kuni AQSh mezbonligida o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda "Chelsi" "PSJ"ga qarshi maydonga chiqadi.

FIFA ushbu o‘yinni boshqarib boradigan hakamlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, bosh hakam asli Eronda tug‘ilgan, Avstraliya fuqarosi Alirizo Fag‘oniy bo‘ladi. Unga qanotlarda Anton Shchetinin va Eshli Becham yordam beradi. 4-hakam Fakundo Telyo (Argentina). Zaxira hakami - Gabriel Chade (Argentina).

VARga Bastian Dankert (Germaniya) javobgar bo‘ladi.

Kiritildi: 19:51 12.07.2025. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!