Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ochilish o‘yinini Osiyolik hakam boshqaradi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ochilish o‘yinini Osiyolik hakam boshqaradi

15 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida "Inter Mayami" va "Al-Ahli" (Misr) o‘yini bilan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati musobaqasi start oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu bahsni eronlik (Avstraliya fuqarosi) hakam Alirizo Fag‘oniy boshqarib boradi.

Albatta Alirizo nafaqat qit’amizda, balkim, Jahon miqyosida ham ancha tajribali hakam hisoblanadi. U qit’amizda o‘tadigan turnirlardan tashqari, so‘nggi 2 ta Jahon chempionati, Olimpiada o‘yinlari va boshqa nufuzli musobaqalarda ishladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu musobaqada hamyurtlarimiz Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullinlar ham ishtirok etishadi.

Kiritildi: 13:58 13.06.2025. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!