Madridning “Real” klubi “RB Leypsig” hujumchisi Benjamin Sheshkoning transfer taklifini rad etdi.
Defensa Central xabariga ko‘ra, transfer tashabbusi Red Bullning futbol operasiyalari rahbari Yurgen Klopp tomonidan bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, Klopp 22 yoshli sloveniyalik forvardni "Real" prezidenti Florentino Peresga shaxsan o‘zi taklif qilgan. Biroq Madrid klubi Sheshkoni jamoaning hozirgi talablariga javob bermaydi, deb hisobladi.
"Real Madrid" jamoasining sobiq hujumchisi Xoseluning profiliga mos keladigan hujumchi izlashda davom etmoqda.
Sheshko "RB Leypsig" safida kuchli mavsum o‘tkazdi va 45 o‘yinda 21 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi.