Qashqadaryoning Kitob tumanida moratoriy talablariga zid ravishda ko‘p yillik Chinor daraxtlari kesib tashlanganligi holati o‘rganib chiqildi.
Ekologiya inspektorlari aniqlagan holatga ko‘ra, yaqinda «Kitob yo‘l qurilish-ta’mirlash» MCHJ tomonidan 6 ta ko‘p yillik g‘arb Chinori noqonuniy kesib tashlangan. Natijada tabiatga 672 mln 860 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, o‘rganish davomida Kitob tumani hokimi qaroriga asosan o‘tgan davrda Kitob-Shahrisabz avtomobil yo‘lini ta’mirlash bahonasida 1146 ta turli daraxtlar kesib tashlangani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar prokuratura idoralariga yuborilgan.