Uoriks va Kembrij universitetlari hamda Xitoy tadqiqot markazi olimlari kitob o‘qishning bolalar uchun yangi foydali jihati haqida aytib o‘tishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bolalikdan zavqlanib kitob o‘qishni boshlagan odamlar kognitiv testlarda yaxshi natijalarga erishishadi va kelajakda ruhiy salomatligi yaxshilanadi.
Tadqiqotda AQShdan o‘n ming nafardan ortiq o‘smir ishtirok etdi. Ularning 48 foizi kitob o‘qish tajribasiga ega bo‘lgan yoki buni bolalikdan boshlagan. Qolgan yarmi uch yildan o‘n yilgacha kitob mutolaa qilishga odatlandi. Tadqiqotchilar sub’ektlarning ma’lumotlarini, jumladan, klinik intervyulari, kognitiv testlari, aqliy salohiyati va xulq-atvorini tahlil qilishdi va miya skanerini o‘tkazishdi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kichik yoshdan kitob o‘qish bilan shug‘ullangan bolalarda xotira va nutqni rivojlantirish, shuningdek, maktabda ishlash ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan. Bundan tashqari, ularda stress va depressiya belgilari kamroq edi, diqqatni jamlashda yaxshi ko‘rsatkichlar qayd etildi. Shuningdek, tajovuzkorlik va qoidalarni buzish kabi xulq-atvor muammolari ham kamroq edi. Kichik yoshdan boshlab kitob o‘qigan bolalar televizor ko‘rish va smartfon yoki planshetdan foydalanishga kamroq vaqt ajratgan, deb xabar beradi lenta.ru.