Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Kimlardir Rossiya va AQShni orasini buzishga harakat qilmoqda — Kirill Dmitriyev

 Kimlardir Rossiya va AQShni orasini buzishga harakat qilmoqda — Kirill Dmitriyev

"Vashingtonda Qo‘shma Shtatlar rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgan Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev ayrim kuchlar Rossiya pozisiyasini ataylab buzib ko‘rsatib, Moskva va Vashington o‘rtasidagi muloqotni izdan chiqarishga urinayotganini aytdi", deya xabar beradi Reuters.

"Bu kuchlar Rossiyaning pozisiyasini ataylab buzib ko‘rsatib, har qanday muloqotga urinishlarni to‘xtatishga harakat qilmoqda. Ular buning uchun hech qanday mablag‘ va resursni ayamayapti. Bizning raqiblarimiz Rossiya va AQSh o‘zaro yaqinlashish nuqtalarini topishidan, bir-birini yaxshiroq tushuna boshlashidan va xalqaro maydonda hamda iqtisodiyotda hakorlikni yo‘lga qo‘yishidan qo‘rqishmoqda", – dedi Dmitriyev.

Kiritildi: 15:20 03.04.2025. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!