Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kim Chen In Shimoliy Koreya armiyasining artilleriya o‘q otish mashg‘ulotlarini kuzatdi

Kim Chen In Shimoliy Koreya armiyasining artilleriya o‘q otish mashg‘ulotlarini kuzatdi

Koreya markaziy telegraf agentligining xabar berishicha, KXDR yetakchisi Xalq armiyasi tarkibidagi yirik bo‘linmalar o‘rtasida o‘tkazilgan minomyotdan otish musobaqasida ishtirok etgan. Tadbirda mamlakat mudofaa vaziri No Gvan Chxol va bosh shtab rahbari Li Yon Gil ham qatnashishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar minomyot bo‘linmalarining jangovar samaradorligi va to‘liq jangovar shayligini namoyish etgan. Kim Chen In musobaqa natijalaridan mamnunligini bildirgan hamda armiyada jangovar tayyorgarlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 19:38. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!