Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Manchester Siti» qiyin g‘alabaga erishib, Angliya Kubogi finaliga chiqdi. Husanovda yana bir kubok uchun imkoniyat paydo bo‘ldi

«Manchester Siti» qiyin g‘alabaga erishib, Angliya Kubogi finaliga chiqdi. Husanovda yana bir kubok uchun imkoniyat paydo bo‘ldi

Angliya Kubogining yarim final bosqichi doirasida «Manchester Siti» va «Sautgempton» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Unda «shaharliklar» irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

79-daqiqada «Sautgempton» yarim himoyachisi Finn Eyzas kutilmaganda nominal mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq Xosep Gvardiola shogirdlari tezkorlik bilan muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi: 83-daqiqada Jeremi Doku hisobni tenglashtirdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Niko Gonsales «Manchester Siti»ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi — 2:1.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bu o‘yinni zaxiradan kuzatdi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya Kubogining finaliga yo‘l oldi. Jamoaning finaldagi raqibi 26 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Chelsi» hamda «Lids» jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi yarim final bahsidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

«MANCHESTER SITI» — «SAUTGEMPTON» — 2:1

Gollar: Eyzas 79 (0:1), Jeremi Doku 83 (1:1), Gonsales 87 (2:1).

«Manchester Siti»: Trafford, Ait Nuri (O`Rayli, 71), Ake, Stouns, Mateus Nunes, Kovachich (Savio, 58), Gonsales, Reynders (Bernardu Silva, 86), Foden (Doku, 58), Sherki, Marmush (Xolann, 71).

«Sautgempton»: Peres, Velington (Masuki, 77), Vud, Xervud-Bellis, Bri (Archer, 89), Fellous, Siyenza, Yander, Bregg (Charlz, 61), Eyzas, Styuart (Larin, 61).

Ogohlantirish: Xervud-Bellis (90).

Kiritildi: 23:40 25.04.2026. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!