Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kilian Mbappening onasi Fransiyada korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilindi

Kilian Mbappening onasi Fransiyada korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilindi

Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening onasi Fayza Lamari Fransiyada ehtimoliy korrupsiya holati yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida so‘roq qilindi.

Lamari Fransiya terma jamoasi xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Muhammad Sanhajidan to‘rtta viza olishda yordam berishni so‘raganlikda gumon qilinmoqda.

The Touchline nashri L’Equipe ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Fayza Lamariga hozircha rasmiy ayblov e’lon qilinmagan. Ayni paytda Mbappening onasi mazkur ish bo‘yicha guvoh maqomida ishtirok etmoqda.

Tergov doirasida Kilian Mbappening o‘zi ham so‘roq qilingan.

Tergovchilar futbolchi tomonidan Muhammad Sanhajiga amalga oshirilgan 60 300 yevrolik to‘lovni o‘rganmoqda.

Kiritildi: 19:47 14.10.2026. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!