Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kiyevning Dnepr daryosi ustidan o‘tgan ikki muhim ko‘prigi — Janubiy va Shimoliy ko‘priklari strategik infratuzilmami?

Kiyevning Dnepr daryosi ustidan o‘tgan ikki muhim ko‘prigi — Janubiy va Shimoliy ko‘priklari strategik infratuzilmami?

1. Janubiy ko‘prik — Yujniy most. Bu Kiyevning eng muhim transport arteriyalaridan biri. U Dneprning ikki qirg‘og‘ini bog‘laydi va undan ham avtomobillar, ham metro poyezdlari foydalanadi. 1–2 oktyabr kunlari Rossiya dronlari unga kamida 5 marta zarba bergan. Ko‘prikning tayanchi, yo‘l qismi va metro yo‘li atrofidagi himoya konstruksiyalari zararlangan. Natijada avtomobillar va metro harakati to‘xtatilgan.

2. Shimoliy ko‘prik — Severniy most. Bu ham Kiyevning asosiy ko‘priklaridan biri. U shaharning chap qirg‘og‘idagi katta turar-joy massivlarini o‘ng qirg‘oq bilan bog‘laydi. 3 oktyabr kuni ham Rossiyaning reaktiv droni ko‘prikka urilgan. Yo‘l qoplamasi va trolleybus elektr tarmog‘i zararlangan, harakat vaqtincha cheklangan. Xabarlarga ko‘ra, ikki kishi jarohatlangan.

Nega Rossiya ko‘priklarni nishonga olyapti? Asosiy maqsad, Kiyevni transport jihatdan qiyin ahvolga solish. Dnepr Kiyevni shartli ravishda ikkiga bo‘ladi. Shahar aholisining uchdan biridan ko‘prog‘i chap qirg‘oqda yashaydi, ammo ish joylari va davlat muassasalarining katta qismi o‘ng qirg‘oqda. Shuning uchun asosiy ko‘priklarning bir nechtasi ishlamasa, tirbandlik va harakatda katta muammo paydo bo‘ladi.

Ko‘priklar faqat oddiy aholi uchun emas — transport, yuklar, xizmatlar va harbiy ta’minot harakati uchun ham muhim. Shu sababli ular urush nuqtai nazaridan strategik infratuzilma hisoblanadi.

Kiritildi: 22:25 04.10.2026. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!